Ommaviy oferta

Oxirgi yangilanish: 16.10.2026

1. Xizmat

Targetbek — Meta (Facebook, Instagram) reklamasini yaratish, boshqarish va tahlil qilish uchun dasturiy xizmat. Ro'yxatdan o'tib, tarifni to'lash bilan siz shu shartlarni qabul qilasiz.

2. Tariflar va to'lov

Tarif narxi va muddati saytda ko'rsatilgan. To'lov oldindan amalga oshiriladi. Reklama byudjeti xizmat narxiga kirmaydi va to'g'ridan-to'g'ri Meta'ga to'lanadi.

3. Natija

Biz reklama samaradorligini oshirish uchun harakat qilamiz, ammo aniq lid soni yoki narxini kafolatlamaymiz: natija mahsulot, narx, raqobat va Meta algoritmiga bog'liq.

4. Meta qoidalari

Siz reklamangiz Meta reklama qoidalari va O'zbekiston qonunchiligiga mosligiga javobgarsiz. Meta tomonidan kabinet yoki reklama bloklanishi uchun Targetbek javobgar emas.

5. Qaytarish

Tarif boshlanganidan keyin 24 soat ichida, hali kampaniya yoqilmagan bo'lsa, to'lov to'liq qaytariladi. Keyin qolgan kunlar uchun qaytarilmaydi.

6. Bekor qilish

Obunani istalgan payt uzaytirmaslik orqali to'xtatasiz. Obuna tugagach reklamalar Meta'da davom etadi, lekin Targetbek ularni boshqarmaydi — xohlasangiz Meta'da o'zingiz to'xtating.