Instagram va Facebook reklamasi uchun AI

Targetologingizni bo'shatmang. Avval yonma-yon sinab ko'ring.

Targetologingiz o'z kampaniyasini davom ettiradi. Targetbekka byudjetning kichik qismini bering. 7 kundan keyin qaysi biri lidni arzonroq olib kelganini raqamda ko'rasiz, keyin o'zingiz qaror qilasiz.

  • Parol so'ramaymiz
  • Targetolog kampaniyasiga tegmaydi
  • Yoqilmasa — 24 soatda pul qaytadi
Sinov rejangizumumiy byudjet o'zgarmaydi
300 000 so'm
100 ming2 mln
Shundan Targetbekka qancha berasiz?
Targetologingiz240 000so'm / kun
Targetbek60 000so'm / kun

7 kunda Targetbek orqali reklamaga: 420 000 so'm, Meta'ga to'lanadi

Sinov uchun xizmat haqi: 50 000 so'm

Targetolog va AI raqib emas

Toshkentda targetolog odatda oyiga 4–8 mln so'm oladi. Hamma ishni AI'ga topshirish esa xavfli. To'g'ri yo'l — ikkalasini bir hafta yonma-yon ishlatib ko'rish.

Odam strategiya qiladi

Targetolog mahsulotingizni, mijozingizni va mavsumni biladi. Buni hech qaysi AI bir haftada o'rganmaydi.

AI har kuni kuzatadi

Targetbek sarf va lidlarni har kuni sanaydi, behuda e'lonni topadi, ertalab telefoningizga hisobot yuboradi.

Raqam hal qiladi

Bir haftadan keyin lid narxini solishtirasiz. Kimga ko'proq pul berishni va'dalarga emas, raqamga qarab hal qilasiz.

Sinov haftasi qanday o'tadi

Har bir qaror sababi bilan telefoningizga keladi — Telegram shart emas. Xohlasangiz, AI faqat taklif qiladi, siz tasdiqlaysiz.

Kabinetni ulaysiz va 12 savolga javob berasiz.

Business Manager'da bizni hamkor qilasiz, parol kerak emas. Javoblardan bitta lidning maqsadli narxi chiqadi.

AI reja tuzadi va bozorni o'rganadi.

Raqiblar Meta'da qanday reklama berayotgani, odamlar Google'da nima qidirayotgani. Siz aytmagan chegirma yoki va'dani e'longa yozsa, belgilab ko'rsatadi.

Ko'rib, tahrirlab yoqasiz.

Targetbek faqat o'zi yaratgan kampaniyani boshqaradi. Targetologingiz kampaniyalari o'zgarmaydi.

Meta auditoriyani o'rganadi, Targetbek tegmaydi.

Lid kelishi bilan ism va telefon bildirishnoma bo'lib telefoningizga tushadi. 15 daqiqa javobsiz qolsa, eslatadi.

Behuda e'lonni to'xtatadi yoki faqat taklif qiladi.

Rejimni o'zingiz tanlaysiz. Pul yeb, lid bermagan e'lon birinchi bo'lib ketadi.

Solishtirasiz.

Targetbekning lid narxi kabinetda tayyor, targetologingiznikini Ads Manager'dan olasiz. Qaror sizda.
Targetbekbildirishnoma

Bildirishnomalar namunasi

Targetolog bo'lsangiz, Targetbek sizga ishlaydi

Kechasi kabinet tekshirish, ertalabki hisobot, rad etilgan e'lonni qayta yozish — bularni AI'ga bering. Strategiya va mijoz bilan gaplashish sizda qoladi.

Pro — 1 390 000 so'm / oy

Targetbek nima qila oladi

O'zi to'xtatadi yoki taklif qiladi

Avto rejimda behuda e'lonni o'zi o'chiradi, tavsiya rejimida faqat taklif qiladi. Byudjetni oshirishni doim siz tasdiqlaysiz.

Yoqishdan oldin o'rganadi

Raqiblar reklamasi va Google qidiruvlari ko'rib chiqilmaguncha kampaniya yoqilmaydi.

Siz aytmagan va'dani yozmaydi

E'longa chegirma, bepul yetkazish yoki muddat qo'shsa, ushlaydi va sizdan so'raydi.

Haqiqiy qaytim

Lidni «sotib oldi» deb belgilang va summasini yozing: bitta mijoz narxi va reklama necha barobar qaytgani chiqadi.

Rad etilsa qayta yozadi

Meta e'lonni qaytarsa, AI qoidaga mos yangi matn tayyorlaydi, siz tasdiqlaysiz.

Lid sovib qolmaydi

Javobsiz lidni eslatadi, bir kundan keyin natijasini tugma bilan so'raydi.

Narxlar

Reklama pulini Meta'ga o'z kartangizdan to'laysiz. Xizmat haqi — kartaga o'tkazma, chekni kabinetga yuklaysiz.

Shundan boshlang

Sinov

50 000 so'm / 7 kun
targetolog bilan yonma-yon
  • 1 ta sahifa
  • 20 ta e'lon bir vaqtda
  • AI'ga kuniga 5 savol
  • 1 ta bozor tahlili
Sinab ko'rish

Standart

349 000 so'm / oy
bozorda 490 000
  • 3 ta sahifa
  • 20 ta e'lon bir vaqtda
  • AI'ga kuniga 20 savol
  • Oyiga 5 ta bozor tahlili
  • Xodimlar uchun kirish
Boshlash

Pro

1 390 000 so'm / oy
bozorda 1 990 000
  • 20 ta sahifa
  • Cheksiz e'lon va AI savol
  • Cheksiz bozor tahlili
  • Targetolog va agentliklar uchun
Boshlash

Savollar

Targetologim bilan bir kabinetda to'qnashmaydimi?

Targetbek faqat o'zi yaratgan kampaniyalarni boshqaradi, targetologingiz kampaniyalariga tegmaydi. Lekin ikkalasi bir xil odamlarga chiqsa, Meta auksionida bir-biriga xalaqit berishi mumkin. Solishtirish toza chiqishi uchun sinov haftasida har biriga alohida shahar yoki alohida mahsulot bering.

7 kundan keyin nima bo'ladi?

Uzaytirmasangiz, obuna to'xtaydi. Yoqilgan reklamalar Meta'da davom etadi, lekin Targetbek ularni boshqarmaydi — xohlasangiz Meta'da o'zingiz to'xtatasiz.

Natija kafolatlanadimi?

Aniq lid sonini hech kim kafolatlay olmaydi: natija mahsulot, narx, raqobat va Meta'ga bog'liq. Shuning uchun avval bir hafta kichik byudjetda sinab ko'ring.

Pul qaytadimi?

Tarif boshlanganidan keyin 24 soat ichida, kampaniya hali yoqilmagan bo'lsa, to'liq qaytaramiz.

Reklama pulini kimga to'layman?

Meta'ga, o'z kartangizdan. Biz faqat xizmat haqini olamiz.

Kabinetim xavfsizmi?

Parol so'ramaymiz. Kirishni Business Manager'dan istalgan payt olib tashlaysiz.

Natija qachon ko'rinadi?

Meta 3–7 kun o'rganadi. Targetbek birinchi 3 kun kampaniyaga tegmaydi.

Bir hafta sinang. Keyin raqamga qarab qaror qiling.

Targetologingiz ishlashda davom etadi. Sinov — 7 kun, 50 000 so'm.

Sinovni boshlash